



KITOBXONLIK — MA’NAVIY KAMOLOT VA IJTIMOIY MOSLASHUV VOSITASI
Tadbir doirasida mahkumlar tomonidan o‘qilgan kitoblarning mazmuni yuzasidan test sinovlari o‘tkazilib, ularning mutolaa davomida olgan bilimlari va asarlar mazmunini o‘zlashtirish darajasi baholandi.
Mazkur tashabbus mahkumlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlash hamda jamiyatga qayta moslashishiga ko‘maklashishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
️ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyuldagi 307-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi. Qarorda nazarda tutilgan tartib va talablar asosida o‘qilganligi tasdiqlangan kitoblar uchun jazo muddatini qisqartirish mexanizmi qo‘llanilishi mumkin.
Deputat tomonidan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyatiga e’tibor qaratilib, mahkumlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bilim va tafakkurini oshirish hamda ijtimoiy hayotga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
Kitob — inson tafakkurini boyituvchi, ma’naviyatini yuksaltiruvchi va yangi hayot sari yo‘l ochuvchi muhim vositadir.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi