Barcha yangiliklar
#deputat_soʻrovi
Gallery image 276768
Gallery image 276769
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
17:33

#deputat_soʻrovi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Artikov Davron Omarbayevich xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yubordi.
👩‍💼 Xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandligini ta’minlash va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ko‘mak berish masalalari deputat e’tiborida.
📨 Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Allambergenova Madina Kuanishbayevna nomiga yo‘llangan deputatlik so‘rovida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot va tushuntirish so‘raldi:
🔹 «Ayollar daftari» bilan ishlash — ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordamlar hamda ularni daftardan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
🔹 Bandlik va tadbirkorlik — xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish borasidagi natijalar.
🔹 Manzilli yordam — og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, nogironligi bo‘lgan va uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va kelgusidagi rejalar.
📌 Deputatlik so‘rovi orqali xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarning holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsad qilingan.
⚖️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga muvofiq, deputat so‘roviga javob 10 kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibini buzish bilan bog‘liq javobgarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan.