Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 276761
Gallery image 276762
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Okt 2026
17:32

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI


👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och-Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimovaga Uch-yog‘och mahallasi aholisi tomonidan suyultirilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani yuzasidan og‘zaki murojaat kelib tushdi.

🔎 Murojaatda mahalla aholisini suyultirilgan gaz ballonlari bilan o‘z vaqtida ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolar bayon etilib, ularni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

📄 Mazkur murojaatni o‘rganish va muammoni ijobiy hal etish maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali “Sherobod tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube