


TIBBIY BRIGADA FAOLIYATI VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR O‘RGANILDI
O‘rganish davomida poliklinikaning qabul bo‘limi faoliyati, fuqarolarni qabul qilish tartibi, tibbiy murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholiga dori-darmon vositalarini yetkazib berish, belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati va ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.
Tibbiy brigadalar faoliyatida aholining ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, imtiyozli toifadagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda dori-darmon ta’minotida mavjud masalalarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Deputatlik nazorati doirasida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi