Barcha yangiliklar





AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
17:22
#deputat_soʻrovi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich deputatlik so‘rovi yo‘lladi.
📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich «Markaziy» mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini o‘rganish yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yubordi.
⚡️ Taxiatosh tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Maxalov Xamidulla Gaybullayevichga yo‘llangan deputatlik so‘rovida quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumot va tushuntirish berilishi so‘raldi:
🟢 Bandlik va tadbirkorlik — «Markaziy» MFYda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar.
🟢 Kredit va subsidiyalar — ishsiz va daromadini oshirishga muhtoj fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kreditlar hamda subsidiyalarning manzilliligi va ulardan foydalanish holati.
🟢 «Daftarlar» bilan ishlash — «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar va kelgusidagi rejalar.
📥 Deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich mazkur so‘rov orqali mahallada aholi bandligini oshirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini o‘rganishni maqsad qilgan.
✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga muvofiq, deputatlik so‘roviga javob 10 kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibini buzish bilan bog‘liq javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193-moddasida belgilangan.