





Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Al-Farobiy MFYda yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP Elmurod Amirov “Al-Farobiy” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat va san’atga keng jalb qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarning muammolarini aniqlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari!
Ularning manfaatlarini ta’minlash va imkoniyatlarini kengaytirish doimiy e’tiborda.