Barcha yangiliklar
Deputatning huquqlari:
Gallery image 276727
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
27 Okt 2026
17:07

Deputatning huquqlari:

tegişli xalq deputatlari Kengaşining doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylaş va saylanişga;
tegişli xalq deputatlari Kengaşining majlisida körib çiqilişi uçun masalalar taklif etişga;
tegişli xalq deputatlari Kengaşi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni körib çiqiş tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritiş va mulohazalar bildirişga;
tegişli xalq deputatlari Kengaşi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor şaxslarning nomzodlari böyiça fikr bildirişga;
tegişli xalq deputatlari Kengaşining majlisida munozaralarda iştirok etişga, maʼruzaçi va raislik qiluvçiga savollar berişga;
deputat sörovi bilan murojaat etişga;
öz takliflarini asoslab beriş uçun sözga çiqişga va ovoz beriş sabablari yuzasidan izoh berişga;
tegişli xalq deputatlari Kengaşining majlisida raislik qiluvçiga majlisda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan öz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topşirişga;
tegişli xalq deputatlari Kengaşi tarkibidagi özi aʼzo bölgan organning qaroriga qöşilmagan taqdirda öz nuqtai nazarini tegişli xalq deputatlari Kengaşining majlisida bayon etişga yoki bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengaşi rahbariga yozma ravişda maʼlum qilişga.