Barcha yangiliklar
Deputat kutubxona faoliyatini örgandi
Gallery image 276724
Gallery image 276725
Gallery image 276726
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
27 Okt 2026
17:06

Deputat kutubxona faoliyatini örgandi

Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasida joylaşgan “Istiqlol” madaniyat saroyida taşkil qilingan kutubxona faoliyatini örgandi.

🔵Örganiş davomida kutubxonadagi mavjud şaroitlar, kitob fondi va kitobxonlarga xizmat körsatiş imkoniyatlari közdan keçirildi. Jumladan, ilmiy, badiiy va bolalar adabiyotiga oid kitoblar fondi bilan tanişilib, kitoblarning turlari hamda kitobxonlar ehtiyojini qondirişga qaratilgan imkoniyatlarga eʼtibor qaratildi.

🔵Örganiş natijasida kutubxonada yaratilgan şaroitlar qoniqarli ekani qayd etildi. Mavjud kitob fondi aholining, ayniqsa, yoş avlodning bilim olişi, dunyoqaraşini kengaytirişi va maʼnaviy kamol topişida muhim ahamiyat kasb etadi.

🔵Şu bilan birga, deputat tomonidan kutubxona faoliyatini yanada takomillaştiriş, aholi va yoşlarni kitob mutolaasiga keng jalb etiş, bolalar örtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş hamda kitob fondini muntazam boyitib boriş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.