

Deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
u öz vakolatlarini zimmasidan soqit qiliş töğrisida yozma ariza bergan taqdirda;
u qonunga köra deputatlik vakolatlarini amalga oşirişiga nomuvofiq bölgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
tegişli xalq deputatlari Kengaşining, mazkur Kengaş tomonidan tuzilgan, özi tarkibiga saylangan komissiyaning majlislarida bir kalendar yil içida öttiz yoki undan ortiq iş kuni uzrli sabablarsiz iştirok etmagan taqdirda;
çet davlatning doimiy yaşaş guvohnomasini yoki çet davlat hududida doimiy yaşaş huquqini tasdiqlovçi boşqa hujjatni olgan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan taqdirda;
u çaqirib olingan taqdirda;
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
u sudning qonuniy kuçga kirgan qarori asosida bedarak yöqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
u Özbekiston Respublikasi fuqaroligini yöqotgan taqdirda;
u vafot etgan taqdirda.
Asos: Özbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi Qonuni, 3-modda.