

Qonun ijrosi örganildi
Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tuman Tibbiyot birlaşmasida birlaşma boşliği örinbosari L.Şamsiyev iştirokida “Özbekiston Respublikasining “Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan örganiş ötkazdi.
🔻Örganiş davomida tibbiyot birlaşmasida fuqarolarga tibbiy yordam körsatiş uçun yaratilgan şaroitlar, qonun talablarining bajarilişi, bemorlarning huquqlarini taʼminlaş hamda tibbiy xizmat sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar örganildi.
🔻Özbekiston Respublikasining “Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi Qonunida aholi salomatligini muhofaza qiliş, fuqarolarning tibbiy yordam oliş huquqlarini taʼminlaş va tibbiyot muassasalari faoliyatini tartibga solişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Xususan, Qonunda fuqarolar soğliğini saqlaşning asosiy prinsiplari sifatida soğliqni saqlaş sohasida inson huquqlariga rioya qilinişi, aholining barça qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand böla olişi, profilaktika çora-tadbirlarining ustunligi, soğliğini yöqotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinişi hamda tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi belgilangan. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining soğliqni saqlaş borasidagi daxlsiz huquqi kafolatlangan. Fuqarolar kasal bölib qolganda, mehnat layoqatini yöqotganda va boşqa hollarda profilaktik, taşxis qöyiş-davolaş, kuç-quvvatni tiklaş hamda boşqa turdagi tibbiy-ijtimoiy yordam oliş huquqiga ega.
🔻Qonunda şu bilan birga, bemorlarning huquqlari belgilab berilgan. Jumladan, bemor tibbiyot xodimlari tomonidan hurmat va mehr-muruvvat körsatilişi, şifokorni va davolaş-profilaktika muassasasini tanlaş, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan şaroitda tekşiruvdan ötiş, davolaniş va parvariş qiliniş huquqlariga ega.
🔻Deputatlik örganişi davomida mazkur huquq va talablarga amal qiliş, bemorlar uçun munosib şaroitlarni taʼminlaş, tibbiy xizmat körsatişda qonuniylik va inson manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratiş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.