



#Deputat_mahallada
Muammolar o‘rganilmoqda
Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — hududdagi muammolarni aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishdir.
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 18-saylov okrugi deputati F.Rajapova tomonidan O‘ratepa mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
✨ O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan bog‘liq holatlar, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda hududlar ozodaligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✨Xususan, hududda tozalikni saqlash va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish borasida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
✨Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda tozalikni ta’minlash hamda ekologik holatni yaxshilash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.