




Aholi muammolari “köçabay” örganildi
Xalq deputatlari Böstonliq tumani Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Yoşlik” mahallasida aholi murojaatlarini joyiga çiqqan holda örganiş, mavjud muammolarni aniqlaş va ularning yeçimi böyiça amaliy çoralar köriş maqsadida “köçabay” asosida örganiş işlari olib borildi.
🔵Örganiş davomida mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Jumladan, içki yöllarni taʼmirlaş, lotoklar quriş, moddiy yordam körsatiş hamda uy-joy bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi.
🔵Aholi tomonidan kötarilgan masalalarning har biriga alohida eʼtibor qaratilib, ularning kelib çiqiş sabablari va hal etiş imkoniyatlari örganildi. Xususan, içki yöllarni taʼmirlaş masalasi yuzasidan mazkur işlar uçun moliyalaştiriş ajratilişi kutilayotgani, mablağlar ajratilgandan söng belgilangan tartibda tegişli işlar amalga oşirilişi böyiça fuqarolarga tuşuntiriş berildi.
🔵Şuningdek, yomğir suvlarini oqiziş tizimini taşkil etiş, moddiy yordam oliş va uy-joy masalalari böyiça murojaat qilgan fuqarolarga amaldagi tartib-qoidalar, mavjud imkoniyatlar hamda murojaatlarni hal etiş yuzasidan tegişli tavsiya va tuşuntirişlar berildi.