








#deputat_mahallada #saylovchilar_bilan_uchrashuv
#deputat_mahallada
#saylovchilar_bilan_uchrashuv
📗Xalq deputatlari tuman Kengashi 4-Achchisoy saylov okrugi deputati O‘. Jo‘rayev o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning III choragi yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida axborot berdi.
📙Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, tuman hududgaz ta’minoti tashkiloti hamda boshqa kommunal soha vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
📘Muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilot vakillari bilan fikr almashildi.
📕Uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etishda hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.