Barcha yangiliklar









AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
27 Okt 2026
16:52
Kotib
#Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Adolat SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasi rahbariga yo‘llangan deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
So‘rovda “Olimlar” mahallasi hududida tuman Elektr tarmoqlari korxonasidan ishlar amalga oshirilib, bugungi kunda korxona tomonidan qazilgan joylar qisman to‘g‘irlangan, biroq asfaltlash (beton) ishlari amalga oshirilmaganligi, avtoturargoh yon tomonidan kabellar yopib qo‘yilmaganligi to‘g‘risidagi murojaat bartaraf etildi va bugungi kunda qazilgan joy yopilib, asfalt qoplamasi bilan tekislandi.