




Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📍 ELEKTR TA’MINOTI INFRASTRUKTURASI YAXSHILANISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida Sherobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yangidan o‘rnatilayotgan beton ustunlarni o‘rnatish jarayoni nazorat qilindi.
⚡️ Nazorat davomida elektr ta’minoti infratuzilmasini yangilash, eskirgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan ishlarning borishiga e’tibor qaratildi.
🔎 Shuningdek, beton ustunlarni o‘rnatish ishlarining belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi va bajarilayotgan ishlarning sifatli tashkil etilishi muhimligi ta’kidlandi.
🤝 Mazkur ishlar mahallada elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
✅ Deputatlik nazorati — hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar sifati va samaradorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube