Barcha yangiliklar
Yashil hududlar parvarishi — ekologik barqarorlik garovi
Gallery image 276684
Gallery image 276685
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
16:49

Yashil hududlar parvarishi — ekologik barqarorlik garovi

 Yashil hududlar parvarishi — ekologik barqarorlik garovi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan Naymanko‘l OFY hududidagi Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli tut daraxtlari bog‘ida monitoring o‘tkazildi.

🔎 O‘rganish davomida daraxtlarni sug‘orish ishlari kechikayotgani, shuningdek, ularni zararkunandalardan himoya qilish uchun dorilash zarurligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ma’lum qilindi.

📌 Monitoringda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani Kengashi raisi T. Kungratbaev ishtirok etdi.

🌱 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmonida belgilangan yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash vazifalari doirasida amalga oshirildi.

Yashil hududlarni asrash — tabiatga e’tibor va kelajak oldidagi mas’uliyatdir!