



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulchexra Axmedova “Chingeldi” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallaning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Maqsad — mahallada bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish.