Barcha yangiliklar
🤝 Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 276678
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
16:43

🤝 Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish masalalari muhokama qilindi

 Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish masalalari muhokama qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining 42-sonli “Taxiatosh” saylov okrugidan saylangan deputat Djumamuratova Mukarrama Salievna, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich, Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Artikov Davron Omarbayevich ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Muloqot davomida hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ Muhokama yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va kelgusidagi ishlar yuzasidan kelishib olindi.