


Tizim faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Tizim faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Otemisov Sharapat Jangabaevich, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari, Kengash kotibiyati xodimlari, shuningdek, Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” va “Ekspert guruhi” a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
💬 Muloqot davomida tizimga yuklatilgan funksional vazifalar, ularning ijrosini tashkil etish, kelgusidagi ustuvor rejalar hamda faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, mavjud ish jarayonlarini yanada takomillashtirish, hamkorlikni kuchaytirish va faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
🔎 Davra suhbati ishtirokchilari bildirilgan fikr va takliflar asosida kelgusidagi ish yo‘nalishlarini belgilash masalalariga e’tibor qaratdilar.