Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 276666
Gallery image 276667
Gallery image 276668
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
27 Okt 2026
16:39

O‘rganish

#Oʻrganish

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Zangiota tumani “Fayz” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning viloyat hokimi sayyor qabuli davomida bildirgan murojaatini o‘rganish maqsadida uning xonadoniga tashrif buyurdilar.

✅O‘rganish jarayonida viloyat Kengashi deputatining ishonchli vakili, tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova, tuman hokimi o‘rinbosari S. Jalolova hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.

✅Mas’ullar fuqaro bilan samimiy suhbatlashib, murojaatda ko‘tarilgan masalalarni atroflicha tingladilar hamda mavjud holatni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

✅Uchrashuv davomida murojaatning mazmun-mohiyati, muammoning kelib chiqish sabablari va uni hal etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.