Barcha yangiliklar





AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
16:35
Ta’mirtalab suv quvurlaridagi ishlar o‘rganildi
Ta’mirtalab suv quvurlaridagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Aymbetov tuman markazidagi ta’mirtalab suv quvurlarini ta’mirlash ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida quvurlarning holati, ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududlar va suv ta’minotiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganishdan maqsad — suv quvurlarini ta’mirlash ishlari borishini kuzatish hamda aholini suv bilan ta’minlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga e’tibor qaratish.