Barcha yangiliklar
⚡️ Elektr ta’minoti tarmoqlarini yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi
Gallery image 276654
Gallery image 276655
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
16:32

⚡️ Elektr ta’minoti tarmoqlarini yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi

⚡️ Elektr ta’minoti tarmoqlarini yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich mahallalarda elektr ta’minoti infratuzilmasini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔌 O‘rganish jarayonida eskirgan beton elektr ustunlarini yangilariga almashtirish, mavjud tarmoqlarni ta’mirlash hamda zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🤝 Mas’ullar bilan suhbatda bajarilayotgan ishlarning holati, belgilangan vazifalar ijrosi va elektr tarmoqlarini yangilash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

📌 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — elektr ta’minoti infratuzilmasini yangilash ishlari borishini kuzatish va mavjud masalalarga e’tibor qaratish.