Barcha yangiliklar







SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Okt 2026
16:33
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_Qonun
#24_ta_masala
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
👥 DEPUTATLIK FAOLIYATINING 24 TA YO‘NALISHI DOIRASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida deputatlik faoliyatining 24 ta yo‘nalishi doirasida mahalla profilaktika inspektori N. Xushvaqtovning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash, muammolarini aniqlash va hayot sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📑 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida mahallada olib borilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganib chiqildi.
📌 O‘rganish jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 Fuqarolarning doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
🔹 Kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning turmush sharoitini yaxshilash;
🔹 Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 Amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash.
🤝 O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
✅ Bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahallalarda mavjud muammolarga amaliy yechim topish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube