Barcha yangiliklar
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi
Gallery image 276649
Gallery image 276650
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
16:30

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi

“Sarayko‘l” OFYda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish va daromad manbalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📑 Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-327, Qabul qilingan sana 26.04.2012) ning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich topshirig‘iga ko‘ra,  Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Sarayko‘l” OFY ga biriktirilgan hokim yordamchisi bilan uchrashdi.

🤝 Suhbat davomida oilaviy biznesni tashkil etish, mavjud tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanishi va shu orqali oilaviy daromadni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📋 Muhokama natijalari bo‘yicha ma’lumotlar Kengash raisiga taqdim etiladi.