Barcha yangiliklar
Chorvachilik va bandlik — oilaviy daromadni oshirish imkoniyati
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
16:26

Chorvachilik va bandlik — oilaviy daromadni oshirish imkoniyati

Chorvachilik va bandlik — oilaviy daromadni oshirish imkoniyati

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Keneges OFY 5-Xamza saylov okrugida aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

🏠 Shu doirada Ijtimoiy reestrda turuvchi fuqaro R.E.ning xonadonidagi mavjud sharoit va mehnat qilish imkoniyatlari bilan tanishildi.

💼 Fuqaroga daromadli faoliyatni boshlash uchun bir nechta yo‘nalish taklif etildi: chorvachilik bilan shug‘ullanish maqsadida imtiyozli kredit olish, parrandachilikni yo‘lga qo‘yish uchun subsidiya imkoniyatlaridan foydalanish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari orqali ishga joylashish.

📌 Takliflar oilaning imkoniyatlariga mos bandlik yo‘nalishini tanlash, barqaror daromad manbaini shakllantirish va kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashishga qaratildi.