
Oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi
Oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan Keneges OFY 5-Xamza saylov okrugi hududida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni olib bormoqda.
🏡 Navbatdagi tashrif davomida Ijtimoiy reestrda turuvchi fuqaro R.Sh.ning xonadonida bo‘lib, oilaning daromad topish imkoniyatlari va ish bilan bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
💼 Fuqaroga chorvachilik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish, parrandachilik bilan shug‘ullanish maqsadida subsidiya imkoniyatlaridan foydalanish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish bo‘yicha takliflar berildi.
📌 Suhbatda oilaning sharoiti va imkoniyatlariga mos daromad manbaini tanlash, mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.