Barcha yangiliklar
🏡 Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
27 Okt 2026
16:23

🏡 Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

 Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan Keneges OFY 5-Xamza saylov okrugi hududida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

🔎 Xususan, Ijtimoiy reestrda turuvchi fuqaro N.M.ning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilash va daromad topish faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

🧵 Suhbat davomida fuqaroga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit asosida tikuv mashinasi olish hamda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish uchun subsidiya olish imkoniyatlaridan foydalanish taklif etildi.

📌 Mazkur takliflar orqali oilaning bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad manbaini yaratish va turmush sharoitini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.