
Aholi daromadini oshirish va chorvachilikni rivojlantirish masalasi o‘rganildi
Aholi daromadini oshirish va chorvachilikni rivojlantirish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan Keneges OFY 5-Xamza saylov okrugi hududida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
🏡 Xususan, ijtimoiy reestrda turgan fuqaro M.A.ning xonadoniga tashrif buyurilib, uning chorvachilik bilan shug‘ullanish orqali daromadini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝 Suhbat davomida chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan imtiyozli kreditdan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi va bu borada kelishuvga erishildi.
📌 Mazkur tashabbus fuqaroni daromadli faoliyatga jalb etish hamda oilaning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.