





Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
📍 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F.Shermuxamedovaning saylov okrugiga qarashli “Taroqli” mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Afruza” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.
🤝 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun mavjud imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
📚 Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va sohada mavjud masalalarni o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Bunday o‘rganishlar hududdagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini yaqindan o‘rganish, mavjud sharoitlarni baholash hamda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga e’tibor — kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube