Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 276638
Gallery image 276639
Gallery image 276640
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Okt 2026
15:57

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_Qonun
#24_ta_masala
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
👥 FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedovaning saylov okrugiga qarashli “Taroqli” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X. Cho‘qmorov bilan muloqot o‘tkazildi.

🤝 Muloqot davomida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
📝 Suhbat jarayonida fuqarolar bilan doimiy muloqot olib borish, aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini kuzatib borish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Fuqarolar bilan samarali muloqot — xalq manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarga yechim topish va hudud taraqqiyotiga xizmat qilishning muhim omilidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube