Barcha yangiliklar
MADANIY MEROS OBYEKTLARINI SAQLAŞ YUZASIDAN DEPUTAT SÖROVI YUBORILDI
Gallery image 276636
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
27 Okt 2026
15:55

MADANIY MEROS OBYEKTLARINI SAQLAŞ YUZASIDAN DEPUTAT SÖROVI YUBORILDI

✍️✉️ Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon öğli tomonidan tuman hududidagi moddiy madaniy meros obyektlarini saqlaş, ularning atrofini obodonlaştiriş va mavjud muammolarni bartaraf etiş yuzasidan tuman hokiminingörinbosari tegişli örinbosari Xamraev Komol Kazimoviçga deputat sörovi yuborildi.

Deputat sörovida madaniy meros obyektlari hududida tozalaş va obodonlaştiriş işlarini taşkil etiş bilan boğliq masalalarni hal etiş böyiça amaliy çoralar köriş söralgan.

Şuningdek, mas’ul taşkilotlarga aniq topşiriqlar beriş, işlarning bajariliş muddatlarini belgilaş, ijrosi ustidan nazoratni ta’minlaş hamda körilgan çoralar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etiş talabi qöyilgan.

Deputat ta’kidlaganidek, murojaatni boşqa taşkilotga yönaltirişning özi muammoning amalda hal etilganini anglatmaydi. Agar aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilmasa, masalani tegişli doimiy komissiya hamda Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi muhokamasiga kiritiş masalasi körib çiqiladi.

Madaniy meros obyektlarini asrab-avaylaş, ularning tarixiy qiyofasini saqlaş va kelajak avlodlarga yetkaziş — barçamizning mas’uliyatli vazifamizdir.