Barcha yangiliklar
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi suzish havzasi muammosi joyiga chiqib o‘rganildi
Gallery image 276633
XOLMIRZAYEV XAYRULLO XAMIDULLAYEVICH
27 Okt 2026
15:53

16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi suzish havzasi muammosi joyiga chiqib o‘rganildi

16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi suzish havzasi muammosi joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Dedaxanova tomonidan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud suzish havzasining bugungi holati hamda undan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqib monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida suzish havzasining texnik holati, undan foydalanish imkoniyatlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, suv ta’minoti va boshqa zarur infratuzilma holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim muassasasi rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va kamchiliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.