

Hojiobod mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Hojiobod mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Dedaxanova tomonidan Hojiobod mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan ochiq muloqot va suhbat o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr ta’minoti hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mahalla faollari tomonidan hududni yanada obod qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan taklif hamda mulohazalar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha muhokama qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.