

Hojiobod MFYda barpo etilayotgan salomatlik yo‘lakchasi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Hojiobod MFYda barpo etilayotgan salomatlik yo‘lakchasi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Dedaxanova tomonidan Yangi O‘zbekiston qiyofasiga ega Hojiobod mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan salomatlik yo‘lakchasi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, loyiha asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda qurilish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan batafsil tanishildi. Shuningdek, mas’ul mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazilib belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari muhokama qilindi
O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda yaratilayotgan infratuzilmaning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi