




ŞAYXONTOHUR TUMANIDAGI “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONÇALARINI TA’MIRLAŞ VA INFRATUZILMANI YAXŞILAŞ IŞLARI ÖRGANILDI
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ŞAYXONTOHUR TUMANIDAGI “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONÇALARINI TA’MIRLAŞ VA INFRATUZILMANI YAXŞILAŞ IŞLARI ÖRGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Aziz Ibragimov tomonidan Şayxontohur tumanidagi “Katta Oqtepa” mahalla fuqarolar yiğinida bolalar maydonçalarini ta’mirlaş, yangi öyin maydonçalarini taşkil etiş hamda hudud infratuzilmasini yaxşilaş yuzasidan joyiga çiqib örganiş işlari olib borildi. Örganiş jarayonida Xalq deputatlari Şayxontohur tumani Kengaşi kotibiyati mudiri D. Asadullayev, tuman hokimining örinbosari R. Kuçkarov hamda mahalla faollari iştirok etdi.
🔎 Tadbir davomida deputat Aziz Ibragimov taşabbusi bilan bolalar maydonçalarini ta’mirlaş, barpo etiş va hudud infratuzilmasini rivojlantiriş yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosi doirasida amalga oşirilişi belgilangan işlarning holati atrofliça örganildi.
🏗 Xususan, mavjud bolalar maydonçalarini ta’mirlaş, yangi öyin jihozlarini örnatiş, hududni obodonlaştiriş hamda bolalar va ösmirlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş uçun qulay şaroitlar yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📋 Şuningdek, mahalla aholisi tomonidan ilgari surilgan takliflar körib çiqilib, rejalaştirilgan loyihalarning amalga oşiriliş bosqiçlari, mavjud taşkiliy masalalar hamda işlarni belgilangan muddatlarda yakunlaş yuzasidan fikr almaşildi.
⚠️ Deputat Aziz Ibragimov tomonidan pudratçi taşkilotlar mas’ullariga quriliş va ta’mirlaş işlarini tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq, sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajariş, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlaş talablariga qat’iy rioya etiş yuzasidan talablar qöyildi.
🌳 Mazkur loyihalar amalga oşirilişi natijasida mahallada bolalar uçun zamonaviy va xavfsiz öyin maydonçalari taşkil etilişi, yoşlarning jismoniy faolligi oşişi hamda aholining dam olişi uçun qulay muhit yaratilişi közda tutilgan.
🤝 Örganiş davomida mahalla faollari bilan hamkorlikni kuçaytiriş, quriliş işlarining sifati va öz vaqtida yakunlanişi ustidan jamoatçilik nazoratini olib boriş masalalari ham muhokama qilindi. Amalga oşirilayotgan işlar ustidan mahalla faollari tomonidan doimiy jamoatçilik nazoratini ta’minlaş belgilandi.
♻️ Mazkur örganiş işlari mahalliy Kengaş deputatlari faoliyatining ustuvor yönalişlari, xususan, mahallalarda bolalar va yoşlar uçun sport hamda öyin maydonçalarini taşkil etiş, hududlarni obodonlaştiriş, aholi murojaatlarini örganiş va infratuzilma loyihalari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oşiriş vazifalari bilan bevosita boğliq.
🔺 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Aziz Ibragimov tomonidan “Katta Oqtepa” mahallasida olib borilgan örganişlar bolalar maydonçalarini ta’mirlaş va barpo etiş işlarining sifatli bajarilişini ta’minlaş, aholi takliflarini inobatga oliş hamda hududda qulay yaşaş şaroitlarini yaratişga qaratildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash