Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 276606
Gallery image 276607
Gallery image 276608
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Okt 2026
15:18

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🏗 “G‘URJAK 2” MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI BILAN TANISHILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov saylov okrugiga qarashli “G‘urjak 2” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

🇺🇿 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida olib borilmoqda.

🔎 Tanishuv davomida hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda loyihalar doirasidagi ishlarning borib borishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur loyihaning asosiy maqsadi qishloq hududlarida infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

📌 Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning o‘z vaqtida hal etilishiga ko‘maklashish yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube