
ONA TILIMIZ KELAJAGI — BARÇAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ
Har qanday tilning taraqqiyoti unga bölgan e’tibor va kundalik amaliyot bilan çambarças boğliq. Özbek tili alifbosiga oid qonunçilikdagi yangiliklar ham til madaniyatini rivojlantiriş, yozma savodxonlikni oşiriş va ona tilimizga bölgan hurmatni mustahkamlaş nuqtayi nazaridan dolzarbdir.
Ona tili — xalqning ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari va avlodlar örtasidagi uzviylikni ta’minlovçi muhim vosita. Uni qadrlaş, rivojlantiriş va kelajak avlodga boy hamda ravon şaklda yetkaziş har birimizning burçimizdir.
📌 Şu sababli alifboga oid özgarişlarni muntazam örganiş, yozuvda izçillikka rioya qiliş, rasmiy va kundalik matnlarda imlo qoidalariga amal qilişga alohida e’tibor qaratiş lozim. Bunday yondaşuv jamiyatda savodxonlikni oşiriş bilan birga, ona tilimizning nufuzini mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.
Tilga hurmat şunçaki ezgu niyat emas, balki kundalik hayotimizda namoyon böladigan amaliy fazilatdir. Ona tilimiz ravnaqi uçun bugun qöyilgan har bir mas’uliyatli qadam ertangi avlodning ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşi deputati:
Ruzibayev Rashid