



Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X.Xojidinov tomonidan Qizilolma mahallasida deputatlik nazorati doirasida deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur so‘rovda Qizilolma mahallasining Kampirtepa va Shalqon qishloqlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori ijrosi doirasida qurilishi boshlangan ko‘priklarda qurilish ishlari to‘xtab qolgani ta’kidlangan.
Ushbu masala yuzasidan Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i E. Musayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan.
Berilgan javobga ko‘ra, mazkur ko‘priklarda qurilish ishlari uchun moliyalashtirish ishlari kechikanligi sababli qurilish ishlari to‘xtab qolganligi hozirgi kunda moliyalashtirish ishlari amalga oshirilib ko‘priklarda qurilish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilingan.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube