Barcha yangiliklar
YOZUV MADANIYATI — ONA TILIGA HURMAT IFODASI
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
27 Okt 2026
14:32

YOZUV MADANIYATI — ONA TILIGA HURMAT IFODASI

 Tilga e’tibor, avvalo, yozuvga bölgan munosabatdan boşlanadi. Özbek tili alifbosiga doir qonunçilikdagi özgarişlar har birimizdan yangiliklarni örganiş, yozma nutqimizni takomillaştiriş va til me’yorlariga amal qilişni talab etadi.
Bugungi kunda yozişmalar, rasmiy hujjatlar, ta’lim jarayoni va axborot almaşinuvida savodxonlikning örni beqiyos. Alifbodagi özgarişlarga befarq bölmaslik, ularni töğri anglaş va amaliyotda qöllaş tilimizning ravnaqiga xizmat qiladi. Ona tilimizni asraş va rivojlantiriş faqat mutaxassislarning emas, balki jamiyatning har bir a’zosi zimmasidagi vazifadir. Har bir töğri yozilgan söz, har bir savodli hujjat va har bir mazmunli muloqot til madaniyatini yuksaltirişga qöşilgan hissadir.
Savodxonlik — taraqqiyot belgisi, ona tiliga hurmat esa yuksak ma’naviyat mezonidir. Barçamiz tilimizning nufuzini oşiriş va uning boy imkoniyatlaridan töğri foydalaniş yölida faol bölaylik.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşi deputati:
Xudayberganova Maysara