Barcha yangiliklar
✅ ALIFBO ISLOHOTI — TILIMIZ RAVNAQI YÖLIDAGI MUHIM QADAM!
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
27 Okt 2026
14:30

✅ ALIFBO ISLOHOTI — TILIMIZ RAVNAQI YÖLIDAGI MUHIM QADAM!

 Ona tilimizning rivoji har birimizdan e’tibor va mas’uliyat talab etadi. Özbek tili alifbosiga oid qonunçilikdagi özgarişlar tilimizning zamonaviy taraqqiyotiga moslaşiş, yozma nutq madaniyatini yuksaltiriş va yagona yondaşuvni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Til — millatning ma’naviy boyligi, tarixiy xotirasi va özligini namoyon etuvçi bebaho qadriyatdir. Şu bois alifboga oid yangiliklarni örganiş, ularga töğri munosabat bildiriş hamda yozma muloqotda til me’yorlariga rioya qiliş har bir fuqaroning mas’uliyatidir.
📌 Ayniqsa, ta’lim muassasalari, davlat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalarida savodli yoziş, hujjatlarni töğri rasmiylaştiriş hamda til madaniyatiga amal qiliş muhimdir. Bu boradagi izçil harakatlar yoş avlodning ona tiliga bölgan hurmatini yanada mustahkamlaydi.
Ona tiliga ehtirom — millat kelajagiga ehtirom! Keling, alifboga oid yangiliklarni çuqur örganib, kundalik faoliyatimizda tilimizga hurmat va mas’uliyat bilan yondaşaylik.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşi deputati:
Surmilova Yelena