Barcha yangiliklar
QURILISH ISHLARI SIFATI VA MUDDATLARI NAZORATDA
Gallery image 276554
Gallery image 276555
Gallery image 276556
Gallery image 276557
Gallery image 276558
Gallery image 276559
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
27 Okt 2026
13:42

QURILISH ISHLARI SIFATI VA MUDDATLARI NAZORATDA

QURILISH ISHLARI SIFATI VA MUDDATLARI NAZORATDA

Namangan shahrida zamonaviy turar joylar barpo etish, aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash hamda qurilish jarayonlarida belgilangan me’yor va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov Uychi ko‘chasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli turar joy binolarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan talab va me’yorlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifatli tashkil etilishi, amaldagi qurilish me’yorlari va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilinishi, aniqlangan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda barpo etilayotgan turar joylarning sifati, mustahkamligi va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌 Maqsad — qurilish ishlarida sifat va xavfsizlikni ta’minlash, belgilangan muddatlarga rioya etish hamda aholi uchun ishonchli va zamonaviy turar joylar barpo etilishiga erishish.