Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 276543
Gallery image 276544
Gallery image 276545
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
27 Okt 2026
13:23

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Aholi murojaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 24-Ahmad Yugnakiy okrugi deputati Irina Matkarimova tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan “Ahmad Yugnakiy” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan suhbatlar o‘tkazib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Xususan, muammolarni o‘z vaqtida belgilangan qonun doirasida ko‘rib chiqish, muammolar yuzasidan belgilangan tashkilotlarga murojaat etish hamda mahalla vakillarining fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqilishi yuzasidan bevrsita murojaatchilar ishtirokida suhbatlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida mahalla vakillari hamda muammolar yuzasidan mahalla idorasiga kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.

Ushbu uchrashuvda hududdagi ichimlik suvi, elektr energiya ta’minoti, tabiiy gaz bosimining barqarorlik darajasi muhokama qilindi.