



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Mahallada PF-193-sonli Farmon ijrosi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Oydin Daniyarxodjayeva “Gulzorobod” mahallasida PF-193-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, deputat ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan aholiga ko‘maklashish va Farmonda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.