Barcha yangiliklar
BANDLIK VA FAROVONLIK — DOIMIY E’TIBORDA
Gallery image 276536
Gallery image 276537
Gallery image 276538
ERNAZAROV JAXONGIR RUSTAMOVICH
27 Okt 2026
13:07

BANDLIK VA FAROVONLIK — DOIMIY E’TIBORDA

#Mansabdor_deputatlar_faoliyati
KAMBAG‘ALLIKDAN XALOS ETISH — DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputati, Kengash raisi M. Kultayeva tomonidan mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
🔹 Nazorat-tahlil jarayonida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari olib borilib, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Mavjud muammolar, aholining fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalarni hal etish, hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish hamda manzilli yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
BIZNI KUZATING: 🌍 Web sayt | ✅ Do'stlik kengashi | 💬 Facebook 🌐Instagram| 📹 Youtube