



“MATONAT” MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLAR ASFALTLANMOQDA
Yunusobod tumani “Matonat” mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🛣️Xususan, mahalla hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda Markaz-5 mavzesidagi 52, 54 va 55-sonli ko‘p qavatli uylar atrofidagi ichki yo‘llarda jami 600 kvadrat metr maydonda asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
✅Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar ko‘p qavatli uylar tutash hududlarini obodonlashtirish, piyodalar va avtotransport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
📝Mazkur ishlar mahalla aholisining murojaat va takliflari, Yunusobod tumani hokimligi hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati A. Nasirov nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahallalarda qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.