




22-OILAVIY POLIKLINIKADA REIMBURSATSIYA DASTURI VA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI ÖRGANILDI
#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa
22-OILAVIY POLIKLINIKADA REIMBURSATSIYA DASTURI VA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI ÖRGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining 5-Ötkir saylov okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev tomonidan tumandagi 22-oilaviy poliklinikada soğliqni saqlaş sohasidagi qonunçilik ijrosi, aholiga bepul dori vositalari taqdim etilişi hamda tibbiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati tartibida örganildi.
🗂 Örganişda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 619-sonli “Kasalliklarni ambulator şaroitda davolaşda dori vositalari xarajatlarini qoplaş böyiça reimbursatsiya dasturi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qarorga muvofiq, şifokor tomonidan rasmiylaştirilgan elektron retsept asosida dasturga kiritilgan dori vositalari bemorlarga bepul beriladi, dorixonalarning tegişli xarajatlari esa Davlat budjeti mablağlari hisobidan Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi orqali qoplanadi.
📁 Mazkur örganiş mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim 24 tavsiyaviy savolnomasi doirasida taşkil etilib, unda xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda ekspert guruhi a'zosi Alişer Giyasov iştirok etdi.
💊 Jarayonda reimbursatsiya dasturiga kiritilgan kasalliklar, jumladan, arterial gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet hamda nafas oliş a’zolarining ayrim surunkali kasalliklari böyiça bemorlarga dori vositalari tayinlanişi va ularni bepul oliş tartibi körib çiqildi. Şuningdek, elektron retseptlarning töğri rasmiylaştirilişi, DMED elektron tizimida ma’lumotlarning yuritilişi, dori vositalarining mavjudligi va bemorlarga öz vaqtida yetkazilişi masalalari örganildi.
🏥 Bundan taşqari, poliklinikada fuqarolarga tayinlanadigan laboratoriya tahlillari va boşqa diagnostik tekşiruvlarning taşkil etilişi, ularning belgilangan tartibda ötkazilişi, şuningdek, kunduzgi davolaniş va muolajalar uçun yaratilgan şaroitlar ham közdan keçirildi. Bunda tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati, bemorlarning qonuniy huquqlariga rioya etilişi hamda xizmatlar sifati bilan boğliq masalalarga e’tibor qaratildi.
📈 Örganiş yakunlari böyiça aniqlangan masalalarni tahlil qiliş, bepul dori vositalari bilan ta’minlaşdagi mavjud muammolarni bartaraf etiş hamda tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş yuzasidan tegişli mas’ullar bilan muhokama ötkaziş zarurligi belgilandi. Reimbursatsiya dasturi va tibbiy xizmatlar sohasidagi qonunçilik talablarining bajarilişi fuqarolarning huquqlarini ta’minlaş maqsadida deputatlik nazoratida davom ettiriladi.