


3-BAND IJROSI: YANGI STADION HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati D. Musaeva tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod mahallasida barpo etilgan yangi stadionning holati o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida stadionning umumiy holati, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilma hamda yoshlar va aholining undan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
⚽️Mazkur stadionning barpo etilishi mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
📌O‘rganish davomida stadion hududidagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, undan samarali foydalanish va zarur sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sport sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilmoqda.
🤝Yoshlar va aholi uchun zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish, sport bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.