Barcha yangiliklar
“ADOLAT” MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARINI TA’MIRLASH MASALASI O‘RGANILDI
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
27 Okt 2026
12:46

“ADOLAT” MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARINI TA’MIRLASH MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati tomonidan “Adolat” MFY, 4-mavze, 23-uy hududidagi ikkita bolalar maydonchasining holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

📌Mazkur deputatlik so‘rovi tuman hokimiyati tomonidan o‘rganilib, hududdagi bolalar maydonchalarini tiklash yoki ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi.

🏗O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Adolat” MFY “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgani hamda Toshkent shahar hokimligining “Yagona Buyurtmachi Xizmati” IK buyurtmasiga asosan dastur doirasida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish joylarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi bildirildi.

🛠Shuningdek, ta’mirlash va qurilish-montaj ishlarini 2026–2027-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

🤝Mazkur masalaning yechimi deputatlik nazoratida bo‘lib, aholining, ayniqsa, bolalarning xavfsiz va qulay sharoitlardan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.