
“SHOXSAROY” RESTORANI ATROFIDAGI SANITARIYA HOLATI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘RNATILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I.K. Ashrapova tomonidan Yunusobod tumani, 4-mavze hududidagi “Shoxsaroy” restorani faoliyati bilan bog‘liq masala yuzasidan fuqarolar murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📌Murojaatda restoran faoliyati davomida bino mo‘risidan chiqayotgan tutun va boshqa gazsimon chiqindilar atrof-muhitga tarqalayotgani hamda yaqin hududda yashovchi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani ko‘rsatilgan.
🔎Mazkur holat yuzasidan tegishli sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan o‘rganish va nazorat tadbirlari amalga oshiriladi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni sanitariya jihatdan tartibga keltirish va zarur choralarni ko‘rish ta’minlanadi.
🧹Shuningdek, atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarni bartaraf etish, hududni tozalash va sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
🤝Aholining murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.