
YOLG‘IZ YASHOVCHI FUQARONING IJTIMOIY HIMOYASI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Yunusobod tumani, “Yangibog’”, 13-mavze, 31-uy, 53-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Shevchenko Indira Fedorovna tomonidan ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash masalasida murojaat kelib tushgan.
🇺🇿Murojaatni o‘rganish davomida fuqaro II guruh nogironligi bo‘lgan, yolg‘iz yashovchi va doimiy ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs ekani aniqlandi. Fuqaroning boshqa doimiy daromad manbalari mavjud emas.
📌Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya Viktorovna tomonidan Yunusobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📖Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 5 va 8-moddalari, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida yuborildi.
🔎So‘rovda fuqaroning moddiy-maishiy sharoiti va individual ehtiyojmandlik holatini qayta o‘rganish, uni tegishli ijtimoiy reyestrga kiritish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda muntazam nafaqa va ijtimoiy to‘lovlardan foydalanishini ta’minlash so‘ralgan.
🤝Shuningdek, fuqaroning uyiga muntazam tashrif buyurib, zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatish va keyingi ijtimoiy kuzatuvni yo‘lga qo‘yish masalasiga ham e’tibor qaratilgan.